» » Tailandda nemis sayyohini fil bosib o‘ldirib qo‘ydi

Tailandda nemis sayyohini fil bosib o‘ldirib qo‘ydi


Tailanddagi Chang orolida joylashgan “Fillar qishlog‘i”da fil ustida sayr qilayotgan sayyoh bilan baxtsiz hodisa yuz berdi. Bu haqda hodisa guvohi bo‘lgan ikki nafar rossiyalik sayyohning so‘zlariga asoslanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Sayohat yakunida fil to‘satdan nemis sayyohga hujum qildi va uni bosib o‘ldirdi.

Baxtsiz hodisa 30-noyabr, payshanba kuni kunning ikkinchi yarmida yuz bergan.

“Fil ustidagi sayr tugagach, hamma fillar ustidan tusha boshladi. Birinchi fil ustida ketayotgan rossiyaliklar undan eson-omon tushib oldi. Shunda fil qo‘qqisdan darg‘azab bo‘lib, uni suratga olayotgan nemis sayyohiga tashlandi va uni hammaning ko‘z o‘ngida bosib o‘ldirdi”, — deydi rossiyalik sayyohlar.

Rossiyalik sayyohlar o‘tirgan fil yuz bergan hodisadan qattiq qo‘rqib ketgan va bezovtalana boshlagan. Shunda sayyohlar uning ustidan sakrashga majbur bo‘lgan. Ulardan biri jiddiy jarohatlangan.

Rossiyalik sayyoh qovurg‘a sinishi va yana bir nechta jarohatlar bilan kasalxonaga yotqizilgan.

Опубликовано: admin (1-12-2017, 17:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 106) ( 0) ( 104) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют