» » Ilon Mask 2018-yil yanvarida Falcon Heavy raketasini Bouining qo‘shig‘i ostida uchirishga va’da berdi

Ilon Mask 2018-yil yanvarida Falcon Heavy raketasini Bouining qo‘shig‘i ostida uchirishga va’da berdi


Falcon Heavy og‘ir raketasining birinchi parvozi yanvar oyida bo‘lib o‘tadi. Bu haqda SpaceX xususiy kompaniyasining rahbari Ilon Mask o‘zining Twitter’dagi sahifasida ma’lum qildi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.

Avvaliga yangi raketani 2013-yilning oxiri — 2014-yilning boshida Kanaveraldagi kosmodromdan uchirish rejalashtirilgan edi, biroq belgilangan muddat ortga surilgan. Joriy yilning mart oyida uchirilishi kerak bo‘lgan Falcon 9 ning parvozi 2016-yilning sentabrida startoldi sinovi vaqtida sodir bolgan portlash sababli kechiktirilgan edi.

Ilon Maskning ma’lum qilishicha, raketa kelgusi oyda uchiriladi. Raketa ichida o‘zining olcha rangli Tesla Roadster sport elektromobili bo‘ladi va unda Devid Bouining Space Oddity qo‘shig‘i yangraydi. “Manzil — Mars orbitasi. U koinotda milliard yoki shunga o‘xshash uzoq yillar davomida qoladi, agarda parvoz vaqtida portlab ketmasa”, — deb yozadi Mask.

Joriy yilning yozida Mask Falcon Heavy raketasining birinchi parvozi omadsiz yakunlanishi mumkinligini tan olgan edi. Uning g‘alabasi xuddi “pokerdagi kabi”, — degan edi Mask.

Maskning aytishicha, Falcon Heavy’ning uchishi uchun uning barcha — 27 ta dvigateli bir vaqtda ishga tushishi kerak, bu Falcon 9 raketasinikidan uch barobar ko‘p demakdir.

Опубликовано: admin (2-12-2017, 12:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 96) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют