» » Nogironligi bo‘lgan shaxslarni yollagan tadbirkorlarga soliqning imtiyozli stavkasi belgilanadi

Nogironligi bo‘lgan shaxslarni yollagan tadbirkorlarga soliqning imtiyozli stavkasi belgilanadi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonni imzoladi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga qabul qilishni keng rag‘batlantirish, shuningdek, nogironligi bo‘lgan shaxslarning o‘zi tomonidan tadbirkorlik bilan shug‘ullanishga sharoit yaratish maqsadida 2018-yil 1-yanvaridan boshlab yakka tartibdagi tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchi I va II-guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar, shuningdek, I va II-guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarni xodim sifatida yollagan yakka tartibdagi tadbirkorlarga qat’iy belgilangan soliqning imtiyozli stavkasi belgilanmoqda.

Nogironligi bo‘lgan shaxslar, keksalar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini ijtimoiy himoya qilishga mas’ul bo‘lgan yagona idoraning mavjud emasligiga e’tibor qaratildi. Shu munosabat bilan Sog‘liqni saqlash vazirligi huzurida ixtisoslashtirilgan idora tashkil etiladi.

Vazirlik huzurida Nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil etilib, uning mablag‘lari nogironligi bo‘lgan shaxslar ahvolini yaxshilash, tibbiy-ijtimoiy yordam sifatini oshirish, protez-ortopediya buyumlari va texnik reabilitatsiya vositalari ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish hamda texnologik yangilash uchun ishlatiladi.

2018-yil 1-iyunidan boshlab nogironligi bo‘lgan shaxslar to‘g‘risida kompleks ma’lumotlarni (nogironligi bo‘lgan shaxslarga oid shaxsiy ma’lumotlar, pul to‘lovlarining turlari va miqdori, ajratilgan texnik reabilitatsiya vositalari, protez-ortopediya buyumlari va boshqalar) o‘z ichiga olgan nogironligi bo‘lgan shaxslarning yagona elektron reyestri joriy etiladi.

Опубликовано: admin (2-12-2017, 13:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют