» » Finlyandiya qutqaruv xizmati SMSlarni qabul qilishni yo‘lga qo‘ydi

Finlyandiya qutqaruv xizmati SMSlarni qabul qilishni yo‘lga qo‘ydi


Finlyandiya qutqaruv xizmati favqulodda vaziyatlar haqida matnli xabarlarni qabul qilishni boshladi. Bu haqda tashkilotning rasmiy saytiga asoslanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

Bunga qadar faqatgina telefon orqali qo‘ng‘iroq qilib qutqaruvchilarni chaqirish mumkin edi.

“Favqulodda holatlar yuzasidan matnli xabarlardan foydalanish xizmati birinchi navbatda eshitish qobiliyati yo‘q va gapira olmaydigan shaxslar uchun mo‘ljallangan. Favqulodda holatlarda, imkon bo‘lsa, doimo 112 telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qiling”, — deyiladi xabarda.

Matnli xabarni Finlyandiya mobil operatorlari xizmatidan foydalanuvchi istalagan shaxs, Finlyandiya davlat xizmatlari portalidan ro‘yxatgan o‘tgach, yuborishi mumkin.

Mazkur yangi imkoniyat faqat SMSlarga taalluqli. Internet-messenjerlar yoki sim-kartasiz telefonlar orqali favqulodda vaziyat haqida xabar yuborish imkoniyati mavjud emas.

Опубликовано: admin (2-12-2017, 19:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют