» » Yaponiya bosh vaziri KXDR atrofidagi vaziyat tufayli, bir qator Yevropa mamlakatlariga safarini bekor qildi

Yaponiya bosh vaziri KXDR atrofidagi vaziyat tufayli, bir qator Yevropa mamlakatlariga safarini bekor qildi


Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe KXDR atrofidagi vaziyat tufayli, Daniya, Norvegiya, Finlyandiya va Shvetsiyaga rejalashtirilgan tashriflarini bekor qildi, deb yozadi “TASS”.

Dastlab Abe 27—28-aprel kunlari Rossiyaga safar qilib, so‘ng Buyuk Britaniyaga, u yerdan keyin esa Shimoliy Yevropa mamlakatlariga jo‘nab ketishi ko‘zda tutilgan edi. Ammo Koreya yarim orolida keskinlashgan vaziyatni hisobga olib, favqulodda holatlarda boshqaruv nuqtai nazaridan hukumat rahbarining uzoq vaqt mamlakatda bo‘lmasligi maqbul emas deb topildi.

Shu sababli Yevropa bo‘ylab turne dasturini qisqartirishga qaror qilishdi, ammo Rossiya va Buyuk Britaniyaga tashrif borasida o‘zgarishlar yo‘q.

Опубликовано: admin (21-04-2017, 11:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 81) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют