» » Anvar Boynazarov Nyu-Yorkdagi Glory48 doirasidagi jangida nokautga uchradi

Anvar Boynazarov Nyu-Yorkdagi Glory48 doirasidagi jangida nokautga uchradi


K-1 yo‘nalishida janglar o‘tkazib kelayotgan o‘zbekistonlik Anvar Boynazarov Glory48 doirasidagi jangida mag‘lubiyatga uchradi, deb yozdi “Olamsport”.

Jangga Nyu-Yorkdagi Madison Square Garden arenasi mezbonlik qildi. Amerikalik Kevin Van Nostrandga qarshi oktagonga chiqqan Boynazarov ilk raunddayoq raqibini nokdaun holatiga tushirib qo‘ydi. Biroq shu raundning o‘zidayoq uning o‘zi ham kuchli zarba qabul qilib oldi va jangni davom ettira olmadi.

Oqibatda Anvar Boynazarov chempionlik kamari sohibiga aylanish imkoniyatini qo‘ldan boy berdi. Buning uchun o‘zbekistonlik sportchidan navbatdagi harakat talab etiladi.

Boynazarovning navbatdagi jangi qachon va qayerda o‘tishi hozircha ma’lum emas. U Glory doirasidagi janglarini Fransiyaning Lion shahrida boshlab, mezbonlardan Fabio Pinchani taslim qilgandi.

Опубликовано: admin (2-12-2017, 20:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют