» » Gattuzoning ilk o‘yinida “Milan”ga g‘irt autsayder klub darvozaboni gol urdi. “Inter” esa A seriya peshqadami

Gattuzoning ilk o‘yinida “Milan”ga g‘irt autsayder klub darvozaboni gol urdi. “Inter” esa A seriya peshqadami


Italiya A seriyasining 15-turi doirasida barcha yetakchi klublar maydonga tushib ulgurdi. Bugun — 4-dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan 2 ta bellashuv bilan mazkur tur bellashuvlariga yakun yasaladi. Ammo ular turnir jadvalining yuqori qismiga o‘z ta’sirini o‘tkazmaydi.

Milanning “Inter” klubi mazkur turdan keyin ham mag‘lubiyatsiz seriyasini saqlab qoldi. Nafaqat saqlab qoldi, balki mavsumdagi eng yirik g‘alabasini nishonladi hamda A seriya peshqadamiga aylanib oldi.

Uchrashuvda xet-trik qayd etgan xorvatiyalik Ivan Perishich quvonchini yashira olmadi. Mavsum boshida unga bir qator klublar qiziqish bildirgan bo‘lsa-da, futbolchining aytishicha, bosh murabbiy Luchano Spaletti uni “Inter”da qolishga ko‘ndira olgandi.

Mazkur shaharning yana bir jamoasi “Milan” muvaffaqiyatsiz o‘yinlar sabab Montelloni iste’foga chiqarib, uning o‘rniga jamoaning sobiq futbolchisi Jennaro Gattuzoni vaqtincha tayinlagandi. Gattuzo boshqaruvida “Milan” ilk o‘yindayoq ochko yo‘qotdi. Ahamiyatli tomoni, milanliklar bungacha ketma-ket 14 ta o‘yinda mag‘lub bo‘lib, kuchli beshlik antirekordini yangilagan “Benevento”ni taslim qila olmadi.

“Milan” g‘alabani deyarli naqd qilib turgandi. So‘nggi soniyada esa jarima maydonchasini tashlab chiqqan darvozabon Alberto Brinyoli “Benevento”ni mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi va jamoasiga A seriyadagi dastlabki ochkoni olib berdi.

Posbonning aytishicha, u uchib kelayotgan to‘pni ko‘rgan va ko‘zlarini yumib zarba bergan. Ochganida esa jamoadoshlariga unga qarab yugurib kelayotgandi. Gattuzo esa so‘nggi daqiqadagi goldan keyin ortidan pichoq urilgandek o‘zini his qilgani va hech qachon shu tariqa gol o‘tkazishini o‘ylamagani haqida aytdi.

Italiya A seriyasi

15-tur bellashuvlari

2-dekabr, shanba

Gollar: Nikolya Nkulu, 45 (1:0). Yosip Ilichich, 54 (1:1).

3-dekabr, yakshanba

Gollar: Jakomo Bonaventura, 38 (0:1). George Pushkash, 50 (1:1). Nikola Kalinich, 57 (1:2). Alberto Brinyoli, 95+ (2:2).

Chetlatish: Alessio Romanyoli, 75 (M).

Gollar: Ivan Perishich, 23 (1:0). Mauro Ikardi, 38 (2:0). Ivan Perishich, 57 (3:0). Milan Shkrinyar, 60 (4:0). Ivan Perishich, 92+ (5:0).

Gollar: Jovanni Simeone, 32 (1:0). Jordan Veretu, 42 (2:0). Federiko Kyeza, 71 (3:0).

Gollar: Duvan Sapata, 56 (1:0). Sergey Milinkovich-Savich, 80 (1:1). Felipe Kaysedo, 91+ (1:2).

Опубликовано: admin (4-12-2017, 06:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 38) ( 0) ( 37) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют