» » Videoselektorda oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalaridagi huquqbuzarliklar tahlil etildi

Videoselektorda oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalaridagi huquqbuzarliklar tahlil etildi


Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligida “Oliy ta’lim muassasalarida korrupsiya, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirishning dolzarb masalalari” mavzuida videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimida tahsil olayotgan yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasini kuchaytirish yuzasidan vazirlikda keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda. Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ishlab chiqilgan dastur bo‘yicha turli tadbirlar, davra suhbatlari, tanlovlar, seminar-treninglar muntazam o‘tkazilmoqda. Mamlakatda haftaning har payshanba kuni jinoyatchilik va huquqbuzarlikning oldini olish bo‘yicha profilaktika kuni, deb e’lon qilingani yoshlarning bilib-bilmay nojo‘ya xatti-harakatlar sodir etishi, yo‘ldan adashishini o‘z vaqtida bartaraf etishda muhim omil bo‘lmoqda.

Videoselektor yig‘ilishida oliy va o‘rta maxsus ta’lim maskanlaridagi huquqbuzarlik holatlari xolis, chuqur va atroflicha tahlil etildi. O‘quvchi-yoshlarda tinch va osuda hayotning qadriga yetish, shukronalik, halollik tuyg‘ularini mustahkam qaror toptirish pedagogik jamoa, mahalla, oilalar zimmasiga ulkan vazifalar yuklashi ta’kidlandi.

Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarning sifati va ta’sirchanligini oshirish, yoshlarning ta’limdan tashqari bo‘sh vaqtini to‘g‘ri va oqilona tashkil etishda turli fan, badiiy ijodiyot, kasb-hunarga oid to‘garaklar ishini kuchaytirish, talabalar turar joylarida ma’naviy-ma’rifiy chora-tadbirlarni takomillashtirish, o‘quv maskanlarining huquq-tartibot idoralari bilan hamkorligini mustahkamlash bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.

Опубликовано: admin (4-12-2017, 22:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 40) ( 0) ( 39) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют