» » Surxondaryoning Boysun, Denov, Muzrabot, Sherobod va Qiziriq tumanlarida bezorilik jinoyatlari ko‘paydi

Surxondaryoning Boysun, Denov, Muzrabot, Sherobod va Qiziriq tumanlarida bezorilik jinoyatlari ko‘paydi


Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasida Senat huzuridagi Ichki ishlar organlarining jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklar profilaktikasi borasidagi faoliyati ustidan parlament va jamoatchilik nazoratini amalga oshirish bo‘yicha komissiyaning viloyat hududiy komissiyasi tomonidan olib borilgan o‘rganishlar natijasi muhokama etildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Videomuloqot shaklida tashkil etilgan sessiyada parlament va jamoatchilik nazoratini amalga oshirish bo‘yicha hududiy komissiya tomonidan viloyat ichki ishlar boshqarmasining jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘yicha faoliyati o‘rganildi.

Tahlil natijalariga ko‘ra, 2016-yil umumiy jinoyatchilik 0,2, og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar 14,5, uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatlar 2,9 foizga kamaygan.

Biroq ayrim sohalardagi profilaktik tadbirlar sifatli, ta’sirchan shakllarda o‘tkazilmagani oqibatida og‘ir tan jarohati yetkazish, firibgarlik, o‘g‘irlik, mulkni qasddan nobud qilish kabi jinoyatlar oshgan.

Sariosiyo, Termiz, Uzun tumanlarida umumiy jinoyatchilik, Oltinsoy, Sho‘rchi, Qiziriq, Denov, Muzrabot, Qumqo‘rg‘on tumanlarida firibgarlik, Termiz shahri, Angor, Boysun, Jarqo‘rg‘on, Sherobod, Termiz tumanlarida o‘g‘irlik, Boysun, Denov, Muzrabot, Sherobod, Qiziriq tumanlarida bezorilik jinoyatlari ko‘paygan.

Viloyatda aniqlangan 400 dan ziyod ichkilikka ruju qo‘ygan shaxs bilan profilaktika inspektorlari va mahalla fuqarolar yig‘inlari keng jamoatchilik hamkorligida tizimli ravishda ish olib borishi zarurligi ta’kidlandi.

Shuningdek, xotin-qizlar va yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik, turli huquqbuzarliklar profilaktikasini kuchaytirish, voyaga yetmaganlar noqonuniy xorijga chiqib ketishining oldini olish, o‘quvchi-yoshlarni ta’lim muassasalariga to‘liq qamrab olish uchun ichki ishlar organlari, mahalla va ta’lim muassasalari hamkorligini yanada mustahkamlash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (15-03-2017, 23:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 65) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют