» » O‘zbekistonda ishlab chiqarishning barcha bosqichlarini o‘z ichiga olgan MDHdagi yagona zavod quriladi

O‘zbekistonda ishlab chiqarishning barcha bosqichlarini o‘z ichiga olgan MDHdagi yagona zavod quriladi


“O‘zikkilamchiranglimetall” AJ matbuot xizmatining xabar berishicha, zavod dunyoning sanoat akkumulyatorlari bozorida yetakchilardan biri bo‘ladi. Ishlab chiqarishning barcha bosqichlarini o‘z ichiga olgan mazkur loyiha MDHda yagona sanaladi.

Zavod Unicor Co. Ltd (KOREA) Janubiy Koreya ishlab chiqaruvchilarining yuqori texnologik uskunalari bilan jihozlanadi.

Mazkur loyiha hukumat qarori bilan amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston Prezidentining Qarori bilan “Ishlab chiqarishni tarkibiy o‘zgartirish, modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash chora-tadbirlari” dasturi ishlab chiqildi hamda uning doirasida “O‘zikkilamchiranglimetall” AJga Sanoat akkumulyatorlarini ishlab chiqarishni tashkil etish topshirildi.

Loyiha samarasi o‘laroq muqobil energiya, uyali aloqa, mudofaa tizimida yangi va zamonaviy texnologiyalar joriy etilib, zaxira quvvat manbalari oshiriladi.

O‘zbekistonda muqobil energiya manbalaridan, eng avvalo quyosh energiyasidan foydalanish sohasida ilmiy va eksperimental tadqiqotlar olib borish borasida salmoqli tajriba to‘plangan bo‘lib, ular yuzasidan bir qancha o‘n yillar mobaynida ishlanmalar olib borilmoqda.

“O‘zikkilamchiranglimetall”da sanoat akkumulyatorlari ishlab chiqarilishining yo‘lga qo‘yilishi ushbu sohada muhim ahamiyat kasb etadi.

“Yangi zavodning qurilishi bir tomondan sanoat akkumulyatorlariga bo‘lgan O‘zbekistondagi talabni qondirsa, ikkinchi tomondan uning eksportga yetkazib berilishini ta’minlaydi”, — deydi loyiha menejeri Behzod Yunusov.

O‘zbekiston hududida 2018-yilning o‘rtalarida sanoat sohasida muhim ahamiyat kasb etadigan zamonaviy yirik korxona barpo etiladi.

Опубликовано: admin (5-12-2017, 15:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 40) ( 0) ( 37) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют