» » Ispaniyada salkam 6 tonna kokain musodara qilindi

Ispaniyada salkam 6 tonna kokain musodara qilindi


Ispaniya rasmiylari Alxesiras shahrida salkam 6 tonna kokainni musodara qildi. Bu haqda mamlakat ichki ishlar vaziri Xuan Ignasio Zoido ma’lum qildi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.

“Ispaniya fuqaro gvardiyasi Alxesirasda 5,9 tonna kokainni nazoratga oldi. Uning bozor qiymati 210 million yevroni (250 million dollar) tashkil etadi. Kokain Kolumbiyadan kelirilgan bananlar konteynerida joylashtirilgandi”, — dedi Zoido.

3 kishi, jumladan, ushbu yukni tashish bilan shug‘ullangan importchi kompaniya vakili qo‘lga olindi.

EFE agentligiga ko‘ra, musodara etilgan kokain 1999-yildan beri ushlangan ikkinchi yirik turkum bo‘ldi. O‘shanda rasmiylar mazkur narkotikning 6 tonnasini tutib qolgandi.

Опубликовано: admin (5-12-2017, 23:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 10) ( 0) ( 9) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют