WWW.XIT.UZ » Yangiliklar » Ispaniya politsiyasi salkam 4 tonna kokain olib ketayotgan kemani qo‘lga oldi
Ispaniya politsiyasi salkam 4 tonna kokain olib ketayotgan kemani qo‘lga oldi
Ispaniya politsiyasi xalqaro operatsiya davomida 3,8 tonna kokain olib ketayotgan kemani qo‘lga oldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
“Kemada Ispaniyaga 3,8 tonna kokain olib ketilayotgan edi. Ekipajning 7 nafar a’zosi hibsga olingan. Narkotiklar kema oshxonasi ostidagi kabinada yashirilgani aniqlandi”, — deyiladi politsiya xabarida.
Kolumbiyadan Ispaniyaga yo‘l olgan kema Kanar orollaridan 870 kilometr uzoqlikda qo‘lga olingani bildirilmoqda.
“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring
(голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!