» » Kraudfanding platformasi foydalanuvchilari pul yig‘ib, Fransiyadagi qal’ani 500 ming yevroga sotib oldi

Kraudfanding platformasi foydalanuvchilari pul yig‘ib, Fransiyadagi qal’ani 500 ming yevroga sotib oldi


Dartagnans kraudfanding platformasining 6,5 ming foydalanuvchisi Fransiyaning g‘arbida joylashgan Mot-Shandenye qal’asini sotib oldi. Ular buning uchun besh kundan kamroq vaqt ichida 500 ming yevro yig‘di. Endi ular arxitektura yodgorligini ta’mirlashi kerak, deb yozmoqda TJournal.

Mablag‘ yig‘ish 1-dekabr kuni tunda boshlangan. Xarid uchun pul qo‘shgan har bir kishi aksionerga aylanadi va qal’ani tiklash ishlarini kuzatish huquqiga ega bo‘ladi. Loyihaga 51 yevrodan ko‘proq qo‘shgan aksionerlar qal’aga 2018-yilning boshida tashrif buyurishi mumkin bo‘ladi. Hozircha binoda yashab bo‘lmaydi. Uning tomi buzilgan va devorlari ko‘chib tushgan, ta’mirlash ishlari 2018-yilning bahorida boshlanadi.

XIII asrda barpo etilgan Mot-Shandenyening egasi 2013-yildan buyon yangi xaridorlarni izlagan. Kampaniya yakuniga yetishi uchun bir million yevro yig‘ilishi kerak. Mualliflar qal’ani qayta tiklab, unga ikkinchi hayot berish uchun ta’mirlash ishlariga mablag‘ topishni rejalashtirmoqda.

Опубликовано: admin (6-12-2017, 07:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 60) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют