» » Tesla soatiga 480 ming dollar mablag‘ni “yoqib yubormoqda”

Tesla soatiga 480 ming dollar mablag‘ni “yoqib yubormoqda”


Amerikaning Tesla kompaniyasi so‘nggi 12 oy ichida daqiqasiga 8 ming dollar pulni “yoqib yubormoqda”. Bloomberg nashrining ta’kidlashicha, agarda ushbu tendensiya davom etadigan bo‘lsa, kompaniya keyingi yilning 6-avgustiga qadar barcha zaxiralarini sarflab bo‘ladi, deb xabar berdi “Motor”.

Faqatgina Model 3 elektrokarini ishlab chiqarish uchun kompaniya har bir chorakda 1 milliard dollar sarflashiga to‘g‘ri kelmoqda. Shunga qaramay Tesla 2018-yilning mart oyiga qadar haftasiga 5 mingta avtomobil ishlab chiqarish quvvatiga erishishda mablag‘lari yetishiga ishonmoqda. Shundan so‘ng kompaniya “operatsion faoliyatdan sezilarli pul oqimini tashkil etish”ni rejalashtirgan.

Bloomberg Intelligence’ning katta tahlilchisi Kevin Tinanning fikricha, Tesla’ga “suzishni davom ettirishi” uchun keyingi yilning o‘rtalariga qo‘shimcha 2 milliard dollar mablag‘ kerak bo‘ladi. Shu sababli kompaniya Semi elektroshatakchisi yoki ikki eshikli yangi avlod Roadster’ini sotib olishni istaganlardan depozitlarni qabul qilmoqda.

Semi uchun depozit to‘lov 20 000 dollarni, Founders Series’ning to‘liq to‘lovi esa 200 000 dollarni tashkil etadi. Roadster uchun esa tegishli ravishda 50 hamda 250 000 dollar to‘lanadi.

Noyabr oyida Tesla 2017-yilning uchinchi choragi bo‘yicha moliyaviy hisobotini taqdim etgandi. Joriy yilning iyun—sentabr oyiga ko‘ra, kompaniya 671,16 million dollar, so‘nggi to‘qqiz oy ichida esa 1,28 milliard dollar yo‘qotgan. Biroq daromad 23 foizga ortib, 2,98 milliard dollarni tashkil etgan.

Опубликовано: admin (24-11-2017, 13:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют