» » Shveysariyadagi qishloq ko‘chib keluvchilarga pul to‘lashni rejalashtirmoqda

Shveysariyadagi qishloq ko‘chib keluvchilarga pul to‘lashni rejalashtirmoqda


Shveysariyaning Vale kantonidagi Albinen qishlog‘ida 30-noyabr kuni mahalliy boshqaruvning yangi siyosati yuzasidan ovoz berish bo‘lib o‘tadi. Qishloq boshqa shahar va mamlakatlardan ko‘chib kelishga tayyor bo‘lgan kishilarga pul to‘lashni rejalashtirmoqda. Bu haqda TJournal xabar berdi.

Albinenda uy sotib olish yoki qurishga qaror qilgan oilalar yoki kishilar kattalar uchun 25 ming Shveysariya franki, kichkinalar uchun esa 10 ming Shveysariya franki miqdorida grant olish huquqiga ega bo‘ladi.

Dasturda ishtirok etish huquqini olish uchun nomzod 45 yoshdan kichik bo‘lishi va qishloqda kamida 10 yil yashashga rozi bo‘lishi kerak. Sotib olinishi yoki qurilishi kerak bo‘lgan mulkning eng minimal qiymati 200 ming frank bo‘lishi kerak. Uy ikkinchi yashash joyi emas, balki doimiy turar joy bo‘lishi shart.

Bu chora qishloq kelajagi uchun investitsiya bo‘lishi mumkin. Qishloq jamoasi yangi ko‘chib keladigan oilalar tomonidan to‘lanadigan soliqlar, qurilish va qishloq do‘konidagi xaridlar hisobidan foyda olishni rejalashtirmoqda. G‘oyaga ko‘ra, yoshlar “qishloqqa hayotni qaytarishi kerak”. Hech bo‘lmaganda mahalliy maktab yana o‘z ishiini boshlaydi.

Ayni vaqtda qishloqda jami 240 kishi yashaydi. So‘nggi yillarda qishloqda doimiy yashovchi bir qancha kishi ko‘chib ketdi. Ayniqsa, yosh oilalar ko‘chib ketmoqda. Qishloqda qolganlar esa kengashdan biror yo‘l bilan Albinenning kelajagini ta’minlashni talab qilgan.

Опубликовано: admin (23-11-2017, 07:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют