» » Italiyadagi qishloqqa ko‘chib o‘tishga rozilik bildirganlarga ikki ming yevro to‘lashadi

Italiyadagi qishloqqa ko‘chib o‘tishga rozilik bildirganlarga ikki ming yevro to‘lashadi


Italiyaning tog‘li hududida joylashgan Bormida qishlog‘i rahbariyati o‘zlarining aholi punktida doimiy yashash istagida ko‘chib o‘tmoqchi bo‘lganlarga ikki ming yevro to‘lash taklifini berdi. Qishloqqa ko‘chish istagini bildirganlar Liguriya viloyatining shimoli-g‘arbidagi dengiz sathidan 420 metr balandlikda yashashlari kerak, deb xabar berdi Thrillist.

Qishloqqa ko‘chib o‘tish haqidagi chaqiriqni uning hokimi Daniele Galyano bildirdi. Bu bilan u ommaviy  shaharga ko‘chib ketayotgan yoshlar oqimiga chek qo‘yishga umid bog‘lagan. Hozirda Bormidada 394 kishi istiqomat qiladi.

Qishloqdagi uylarni oyiga 50—120 yevro to‘lab ijaraga olish mumkin.

Bu yerdagi to‘rtta restonrandan birining menejeri Juzeppe Oddonening aytishicha, qishloqning maqtanadigan alohida ahamiyatga ega joylari yo‘q.

“Bu yerda hayot oddiy va tabiiy. Bizda o‘rmonlar, echkilar, cherkovlar va ko‘plab yaxshi ovqatlar bor. Shubhasiz, bu yerda hayot ruhiy tushkunliklardan xoli”, — ta’kidladi Juzeppe.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (11-05-2017, 23:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 97) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют