» » OAV: Melanya va Berron Tramp yozda Oq uyga ko‘chib o‘tadi

OAV: Melanya va Berron Tramp yozda Oq uyga ko‘chib o‘tadi


AQSh prezidentining rafiqasi Melanya Tramp va kenja o‘g‘li Berron Nyu-Yorkdan Vashingtonga joriy yil yozda ko‘chib o‘tadi. Bu haqda Oq uyning yuqori martabali xodimiga tayanib, Fox telekompaniyasi ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”. 

Manbaga ko‘ra, ko‘chib o‘tish xususiy maktabda tahsil olayotgan 11 yoshli Berron o‘quv yilini yakunlaganidan so‘ng amalga oshiriladi. Melanya va Berron ayni paytda Nyu-Yorkdagi Trump Tower osmono‘pari pentxausida istiqomat qilmoqda. 

O‘z navbatida, NBC telekanali Melanya va Berron Vashingtondagi prezident qarorgohiga iyundan so‘ng joylashishini bildirib, masalaga aniqlik kiritdi. Hozirda Melanya Oq uydagi xonalar uchun mebel tanlashda faol ishtirok etmoqda. 

Ma’lumot uchun, Berron Tramp Vashingtonga ko‘chib o‘tganidan so‘ng 50 yildan ko‘proq vaqtdan beri Oq uyda joylashgan birinchi AQSh prezidenti o‘g‘li bo‘ladi. Oxirgi bor bu yerda 1963-yili prezident Kennedining o‘g‘li kichik Jon Kennedi yashagandi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling! 

Опубликовано: admin (17-04-2017, 16:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 24) ( 0) ( 23) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют