» » “Old Trafford”da ham mag‘lub bo‘lgan Moskva “armiyachilar”i Chempionlar Ligasi bilan xayrlashdi

“Old Trafford”da ham mag‘lub bo‘lgan Moskva “armiyachilar”i Chempionlar Ligasi bilan xayrlashdi


Yevropa Chempionlar Ligasi guruh bosqichini 3-o‘rinda yakunlagan Moskvaning “SSKA” klubi xalqaro maydondagi yurishini Yevropa Ligasida davom ettiradi.

“Old Trafford”ga tashrif buyurgan rossiyalik futbolchilar 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Garchi hisob mehmonlar tomonidan ochilgan bo‘lsa-da, Joze Mourinyo jamoasi o‘yin yakuniga qadar o‘ziga kerakli natijani qayd eta oldi va guruhni 15 ochko bilan peshqadam sifatida yakunladi.

“Mankunianlar” faqatgina 1 ta bellashuvda — Shveysariyada “Bazel”dan yengildi. Qolgan barcha bellashuvlarda zafar quchdi. O‘z navbatida “Bazel” o‘ziga bildirilgan ishonchni to‘la oqladi, deyish mumkin. Guruhdan chiqa olmasligi taxmin qilingan Shveysariya yetakchisi, yakunda 12 ochko jamg‘arishga muvaffaq bo‘ldi. “Yunayted”dan keyin eng kuchli deya e’tirof etilgan “Benfika” darvozasiga “Bazel” 2 ta o‘yinda javobsiz 7 ta gol urishni uddalay oldi.

Yevropa Chempionlar Ligasi

“A” guruhi. 6-tur o‘yinlari

5-dekabr, seshanba

Gollar: Vitinyo, 45 (0:1). Romelu Lukaku, 64 (1:1). Markus Reshford, 66 (2:1).

Gollar: Muhammad Elyunussi, 5 (0:1). Dimitri Oberlen, 65 (0:2).

Опубликовано: admin (6-12-2017, 07:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 41) ( 0) ( 41) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют