» » Xavfsizlik kengashi Trampning Quddusni Isroil poytaxti sifatida tan olish haqidagi bayonoti yuzasidan shoshilinch yig‘ilish chaqirdi

Xavfsizlik kengashi Trampning Quddusni Isroil poytaxti sifatida tan olish haqidagi bayonoti yuzasidan shoshilinch yig‘ilish chaqirdi


BMT Xavfsizlik kengashi AQSh prezidenti Donald Trampning Quddusni Isroil poytaxti sifatida tan olinishi haqidagi bayonotini muhokama etadi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

“AQSh prezidentining Quddus maqomi bo‘yicha bayonotidan so‘ng Boliviya, Buyuk Britaniya, Misr, Italiya, Senegal, Urugvay, Shvetsiya va Fransiya delegatsiyalari shu hafta oxirigacha Kegashning shoshilinch yig‘ilishi o‘tkazilishini so‘radi”, — deyiladi 8 mamlakat missiyalarining qo‘shma bayonotida.

Vaziyat bo‘yicha BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish ma’ruza qilishi kutilmoqda. Kengashda raislik qilayotgan Yaponiyaning xalqaro tashkilotdagi vakolatxonasi uchrashuv 8-dekabr, juma kuni ertalab bo‘lib o‘tishini bildirdi.

Oq uy rahbari Quddusni Isroil poytaxti sifatida tan olinishi haqida 6-dekabr, chorshanba kuni ma’lum qildi. Shuningdek, u AQSh elchixonasini Tel-Avivdan Quddusga ko‘chirish to‘g‘risidagi hujjatni imzoladi.

Опубликовано: admin (7-12-2017, 09:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 122) ( 0) ( 119) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют