» » Janubiy Koreya Kim Chen Inni yo‘q qilishga mablag‘ ajratdi

Janubiy Koreya Kim Chen Inni yo‘q qilishga mablag‘ ajratdi


Janubiy Koreya KXDR yetakchisi Kim Chen Inni yo‘q qilish uchun maxsus otryad yaratadi, deb yozadi “Kommersant”.

Janubiy Koreya rahbariyati 2018-yilgi mamlakat mudofaa budjetiga Kim Chen Inni o‘ldirish xarajatlarini ham rasman kiritdi. 340 million von (310 ming dollar) maqsadi Shimoliy Koreya rahbariyatini yo‘q qilishdan iborat bo‘lgan ming kishilik otryadni mashq qildirish va qurol-aslaha bilan ta’minlashga yo‘naltiriladi.

Otryad Amerikaning 2011-yilda xalqaro terrorchi Usama bin Ladinni yo‘q qilgan SEAL Team Six otryadi dasturi bo‘yicha mashq qiladi. Maxsus topshiriqli jangchilarga o‘zini-o‘zi yo‘q qilib yuboradigan uchuvchisiz qurilmalar, razvedka dronlari va stanokli granatomyotlar beriladi. Shimoliy Koreya hududiga sezdirmasdan kirishi kerak bo‘ladigan Ch-47 Chinook Amerika transport vertolyotini modernizatsiya qilish va takomillashtirish bo‘yicha ham rejalar mavjud.

Janubiy Koreya mansabdorlari bora-bora otryad uchun xarajatlarni ko‘paytirib, unga 26 milliard von (24 million dollar) sarflamoqchi.

Опубликовано: admin (7-12-2017, 12:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 63) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют