» » “Al-Jazira” Jahon Chempionatini g‘alaba bilan boshladi. Sardor Rashidov zaxirada qoldi

“Al-Jazira” Jahon Chempionatini g‘alaba bilan boshladi. Sardor Rashidov zaxirada qoldi


Kecha — 6-dekabr kuni futbol bo‘yicha klublar o‘rtasidagi Jahon Chempionati bellashuvlari start oldi.

Uning ilk o‘yinida BAA chempioni “Al-Jazira” Okeaniya g‘olibi sifatida mundialga tashrif buyurgan Yangi Zelandiyaning “Okeland Sit” klubiga qarshi maydonga tushdi va minimal hisobda zafar quchdi. Bellashuvdagi yagona gol Romarinyo tomonidan urildi.

Reglamentga ko‘ra, musobaqaga mezbonlik qilayotgan mamlakat chempioni Jahon Chempionatida ishtirok etadi. Shu tariqa o‘zbekistonlik futbolchi Sardor Rashidov to‘p surayotgan “Al-Jazira” chorak finalga yo‘l oldi. “Oklend Siti”ga qarshi bellashuvda Rashidov zaxirada qoldi. Qayd etish kerak, bir yil muqaddam Yaponiya chempioni sifatida musobaqaga qo‘shilgan “Kashima Antlers” ketma-ket 3 ta o‘yinda zafar quchib, finalga qadar yetib borgandi.

Chorak finalni “Al-Jazira” 9-dekabr kuni Osiyo Chempionlar Ligasi g‘olibi hisoblangan Yaponiyaning “Urava Red” klubiga qarshi o‘tkazadi. Ikkinchi juftlikda esa Meksikaning “Pachuka” klubi Afrika qit’asi yetakchisi hisoblangan Marokashning “Vidad Kasablanka” klubini sinovdan o‘tkazadi.

Ehtimoliy g‘alaba “Al-Jazira”ni yarim finalda Madridning “Real” klubi bilan to‘qnashtiradi. Ikkinchi juftlik g‘olibini esa final ostonasida Braziliyaning “Gremio” klubi kutib turibdi.

Klublar mundialida o‘zbekistonlik hakamlar brigadasi ham bor: Ravshan Ermatov, Abduhamidullo Rasulov, Jahongir Saidov.

JCh—2017. Klublar

Nimchorak final

6-dekabr, chorshanba

Gol: Romarinyo, 37 (1:0).

Опубликовано: admin (7-12-2017, 15:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 43) ( 0) ( 41) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют