» » AQSh davlat kotibi Rossiyadan sanksiyalar olinishi Qrim va Donbass bilan bog‘liq ekanligini aytdi

AQSh davlat kotibi Rossiyadan sanksiyalar olinishi Qrim va Donbass bilan bog‘liq ekanligini aytdi


Rossiyaga nisbatan sanksiyalarning bekor qilinishi Qrim Ukrainaga qaytarilishi va Donbassdan qo‘shinlar olib chiqilishi bilan bog‘liq. Bu haqda AQSh davlat kotibi Reks Tillerson ma’lum qildi, deb xabar berdi “Vedomosti”.

“Sanksiyalar Rossiya Qrimni to‘liq Ukraina nazoratiga qaytarmaguncha kuchda qoladi. Yevropalik sheriklar bilan kelishgan holda Rossiya Donbassdan kuchlarini olib chiqib ketib, Minsk kelishuvlariga rioya etmaguncha sanksiyalar tartibini qo‘llab-quvvatlaymiz”, — dedi Tillerson.

AQSh davlat kotibiga ko‘ra, “Rossiya isyonchilarni qurollantirmoqda, boshqarmoqda, shug‘ullantirmoqda va birgalikda jang qilmoqda”.

Опубликовано: admin (7-12-2017, 23:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют