» » Rostovda o‘g‘rilar o‘g‘irlangan suratni mashinaga joylashtira olmagach, uni joyiga qaytarib qo‘ydi (video)

Rostovda o‘g‘rilar o‘g‘irlangan suratni mashinaga joylashtira olmagach, uni joyiga qaytarib qo‘ydi (video)


Rossiyaning Rostov-na-Donu shahrida to‘rt kishidan iborat guruh ko‘p qavatli uylardan birining kirish qismidan surat o‘g‘irlashga urinib ko‘rdi. Ular Londondagi Tauer ko‘prigi tushirilgan suratni ko‘chaga olib chiqqan va uni mashinaga joylashtirishga harakat qilgan. Holat aks etgan videoni TJournal taqdim etdi.

Videoda ko‘rinadiki, bir nafar yigit, ikki nafar qiz va bir nafar yosh qizchadan iborat guruh zinadan ko‘tarilgan. Yigit suratni olib, uni darhol ko‘chaga olib chiqqan. Shundan so‘ng ular suratni avtomobilga joylashtirishga harakat qilgan, biroq surat juda katta bo‘lgani uchun u mashinaga joylashmagan.

Natijada yigit “o‘lja”dan voz kechishga majbur bo‘lgan. U suratni uyning kirish qismiga olib kelgan va eshikka suyantirib qo‘ygan, keyin esa sheriklari bilan voqea joyidan g‘oyib bo‘lgan.

Опубликовано: admin (8-12-2017, 05:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 35) ( 0) ( 34) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют