» » Bekobodda avtomobil oynasini sindirib, uning ichidan 300 dollarni o‘g‘irlagan kollej o‘quvchisi qo‘lga olindi

Bekobodda avtomobil oynasini sindirib, uning ichidan 300 dollarni o‘g‘irlagan kollej o‘quvchisi qo‘lga olindi


Toshkent viloyati Bekobod shahar IIBga 1996-yilda tug‘ilgan K.S. ariza bilan murojaat qilib, noma’lum shaxs unga tegishli bo‘lgan Matiz avtomobilining oynasini sindirgani va uning ichidagi pullar o‘g‘irlanganini ma’lum qilgan. Bu haqda Toshkent viloyati IIB matbuot xizmati xabar berdi.

O‘g‘ri avtomobil ichidan naxri taxminan 180 ming so‘m bo‘lgan monitorni hamda 300 AQSh dollarini o‘g‘irlab ketganini ma’lum qilgan.

Jinoyat 1-noyabr kuni soat 23:55 larda amalga oshirilgan.

Ushbu holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi.

Olib borilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida, ushbu jinoyatni Bekobod shahrida yashovchi Bekobod sanoat kasb-hunar kollejining o‘quvchisi, 1999-yilda tug‘ilgan U.Sh. sodir etganligi aniqlanib, qo‘lga olingan. Hozirda IIB tomonidan voqea yuzasidan tergov olib borilmoqda.

Опубликовано: admin (9-12-2017, 10:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 71) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют