» » Toshkent tumanida qurilishi bitmagan sexdan Akfa romlarini o‘g‘irlab ketishdi

Toshkent tumanida qurilishi bitmagan sexdan Akfa romlarini o‘g‘irlab ketishdi


Toshkent tuman IIBga 1995-yilda tug‘ilgan Ixtiyor Navfalov ariza bilan murojaat qilgan. Uning arizasiga ko‘ra, joriy yilning 8-oktabr kuniga o‘tar kechasi noma’lum shaxs Toshkent tumanida joylashgan qurilishi bitmagan sexdan unga tegishli umumiy narxi taxminan ikki yarim million so‘m bo‘lgan trubalar, Akfa romlari va turli xildagi qurilish mollarini o‘g‘irlagan, deb xabar bermoqda Toshkent viloati IIB.

Olib borilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida ushbu jinoyatni Namangan viloyatida yashovchi 1980-yilda tug‘ilgan Muhsinbek Madaliyev sodir etganligi aniqlanib, ushlandi. Ushbu holat yuzasidan unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ayni vaqtda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Keltirilgan ism va familiyalar o‘zgartirilgan.

Опубликовано: admin (4-11-2017, 09:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют