» » A seriya. Bugun “Inter” Turinda “Yuventus” mehmoni bo‘ladi. Milanliklar mag‘lubiyatsiz seriyada davom etadimi?

A seriya. Bugun “Inter” Turinda “Yuventus” mehmoni bo‘ladi. Milanliklar mag‘lubiyatsiz seriyada davom etadimi?


Italiya A seriyasining 16-turidan o‘rin olgan 5 ta uchrashuv Sport-TV kanalida namoyish etiladi.

Mazkur turning markaziy o‘yini Turinda bo‘lib o‘tadi. Shanba oqshomida A seriya peshqadami “Inter” “Yuventus”ga qarshi saf tortadi. Milanliklar bunga qadar birorta ham o‘yinda mag‘lub bo‘lmagan. Shunga qaramay, birgina g‘alaba “Yuventus”ni “Inter”dan oldinga o‘tkazib qo‘ya oladi.

O‘tgan turda Massimiliano Allegri jamoasi yana bir markaziy o‘yinda ishtirok etib, “Napoli”dan ustun kelgandi — 1:0. Buffon esa Neapolda gol o‘tkazmay, “Yuve”ning 20 yillik natijasini takrorlagandi. Italiyaning ketma-ket besh karra chempioni “Yuventus” endi “Inter”ni mahf etishga urinib ko‘radi.

Italiya A seriyasi

16-tur o‘yinlari

9-dekabr, shanba

“Yuventus” — “Inter” 00:45 Sport-TV

10-dekabr, yakshanba

“Kyevo” — “Roma” 16:30 Sport-TV

“Napoli” — “Fiorentina” 19:00 Sport-TV

“Milan” — “Bolonya” 00:45 Sport-TV

11-dekabr, dushanba

“Jenoa” — “Atalanta” 22:00

“Latsio” — “Torino” 01:00 Sport-TV

Опубликовано: admin (9-12-2017, 14:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 52) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют