» » Grossmeyster Anton Filippov terma sharafini himoya qilishdan bosh tortgani uchun stipendiyadan mahrum qilingan

Grossmeyster Anton Filippov terma sharafini himoya qilishdan bosh tortgani uchun stipendiyadan mahrum qilingan


O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi grossmeyter Anton Filippovning O‘zbekiston terma jamoasidan ketishga qaror qilgani borasida tushuntirish berdi. Uning bayoni “Olamsport” nashrida keltirilgan.

Avvalroq Anton Filippov O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari uchun yaratilgan sharoitlardan nolib, bosh jamoa uchun boshqa dona surmasligini ma’lum qilgandi. Bu qarorga grossmeyster unga belgilangan stipendiya to‘xtatilgachgina kelgani aytilgandi.

Shaxmat federatsiyasi bosh murabbiyi Farhod Sobirov esa bu fikrlarining aksini bayon qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Filippov terma jamoa sharafini himoya qilishdan bosh tortgani uchungina stipendiyadan mahrum qilingan. U 2016-yil Butunjahon shaxmat Olimpiadasida ishtirok etgani uchun, federatsiya Filippovga energiya sarfi hamda jismoniy zaxirani tiklashi uchun imtiyoz bergan.

Biroq Filippov sentabr oyi Ashxobodda o‘tgan usti yopiq inshootlardagi Osiyo O‘yinlarida O‘zbekiston sharafini himoya qilishdan bosh tortgan. Shuningdek, butun 2017-yil davomida terma jamoa safida musobaqalarda qatnashmagan. Shu tariqa erkaklar termasi a’zolari uchun belgilangan uch stavkaga teng stipendiya to‘xtagan.

Terma a’zolari uchun bu juda oz. Ammo qolgan a’zolar terma sharafini himoya qilib, evaziga hech qanday kompensatsiya olmasa, shaxmatchilar orasida tushunmovchiliklar kelib chiqardi.

Farhod Sobirov, terma jamoa ustozi

Anton Filippov stipendiyadan mahrum qilingani haqida Facebook sahifasiga yozgach, grossmeyster Nafisa Mo‘minovaning otasi ham qizi stipendiya olmayotgani borasida izoh qoldirgandi. Bu izohga ayollar termasi ustozi Olga Sobirova javob qaytargan.

Nafisa Mo‘minovaga 2017-yilning 1-iyuliga qadar kompensatsiya berildi. Lekin u tug‘uruq ta’tiliga chiqqandi. Buning natijasida Markaziy Osiyo chempionatida, keyinroq usti yopiq inshootlardagi Osiyo O‘yinlarida O‘zbekiston jamoasi sharafini himoya qila olmadi. Men uning tug‘uruq davri uchun javobgarlikni bo‘ynimga ololmayman.

Men ayollar termasi a’zolariga xolisona munosabatdaman. Nafisa terma safida musobaqalarda ishtirok etishni boshlashi bilanoq kompensatsiyadan foydalana oladi.

Olga Sobirova, terma jamoa ustozi

Sobirovaning e’tirof etishicha, ayollar uchun belgilangan kompensatsiya ham erkaklarniki kabi uch stavkaga teng.

Опубликовано: admin (9-12-2017, 19:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 75) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют