» » Qirg‘iziston prezidenti Rossiya oldidagi 240 mln dollar qarzni hisobdan chiqarish haqidagi qonunni imzoladi

Qirg‘iziston prezidenti Rossiya oldidagi 240 mln dollar qarzni hisobdan chiqarish haqidagi qonunni imzoladi


Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov Rossiya oldidagi 240 million dollar qarzni hisobdan chiqarish haqidagi qonunni imzoladi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot xizmati ma’lum qildi, deb xabar beradi “Kommersant”.

Tashabbus Qirg‘iziston parlamenti tomonidan 2-noyabrda ma’qullangan edi. Gap 2012-yil 20-sentabrda erishilgan 488,9 million dollar qarzdorlikni bartaraf etish haqidagi kelishuv haqida ketmoqda.

Rossiya 2013-yili Qirg‘izistonning 188,9 million dollar qarzidan kechdi, 300 million dollar miqdoridagi qolgan summa esa 10 yil davomida, har yili 30 million dollardan hisobdan chiqarib borilishi kerak edi.

“240 million dollar miqdoridagi qarzni biryo‘la hisobdan chiqarilishi davlat tashqi qarzining YaIMga nisbatan darajasini 3,8 foizga qisqartiradi va mamlakatning davlat qarzi hajmiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi”, — deyiladi Qirg‘iziston prezidenti ma’muriyati izohida.

Опубликовано: admin (10-12-2017, 23:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 4) ( 0) ( 2) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют