» » Finlyandiya prezidenti: NATOga qo‘shilishda fuqarolar fikrini inobatga olish zarur

Finlyandiya prezidenti: NATOga qo‘shilishda fuqarolar fikrini inobatga olish zarur


Finlyandiya rahbariyati mamlakat aholisi fikrini inobatga olmay, NATOga qo‘shilish haqida qaror qabul qilmasligi lozim. Bu haqda mamlakat prezidenti Sauli Niinistyo ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.

“NATOga a’zolik to‘g‘risida qaror qabul qilishda aholi fikrini u yoki bu tarzda olish zarur. Alyans qoidalari ham shuni taqozo etadi. Prezident fuqarolardan so‘ramay parlamentga mazkur masalani hal etishni topshirsa, bu jamiyatda bo‘linish yuz berishiga olib keladi”, — dedi Niinistyo.

Oxirgi jamoatchilik fikri so‘rovlaridan biri Finlyandiya fuqarolarining 60 foizi harbiy bloklarga qo‘shilmaslik siyosatini qo‘llab-quvvatlashini ko‘rsatdi. Shuningdek, Finlyandiyaning NATOga kirishini yoqlash darajasi o‘tgan yilgi 25 foizdan joriy yilgi 22 foizgacha pasaydi.

Ma’lumot uchun, Finlyandiya NATO a’zoisi emas, biroq alyans sheriklaridan hisoblanadi.

Опубликовано: admin (11-12-2017, 16:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 101) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют