» » Erdo‘g‘onning maslahatchisi Turkiyaning NATOga a’zoligini qayta ko‘rib chiqishni so‘radi

Erdo‘g‘onning maslahatchisi Turkiyaning NATOga a’zoligini qayta ko‘rib chiqishni so‘radi


Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘onning maslahatchisi Yalchin To‘pchu respublika NATOga a’zolik masalasini qayta ko‘rib chiqishi lozim deb hisoblaydi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.

“NATO barcha to‘ntarishlar va mudofaa sanoati sohasidagi tobelik ortida turibdi. NATOga a’zoligimizni qayta ko‘rib chiqadigan payt keldi. Biz uchun majburiy bo‘lgan bu struktura barcha jihatdan o‘z ishtirokchisiga nisbatan dushmanlik namoyish etmoqda”, — dedi u.

To‘pchu Norvegiyadagi mashg‘ulotlar chog‘ida ro‘y bergan voqea javobsiz qolmasligi kerakligini qo‘shimcha qildi.

Eslatib o‘tamiz, Norvegiyada o‘tayotgan NATO mashg‘ulotlari chog‘ida Erdo‘g‘on hamda Turkiya asoschisi Mustafo Kamol Otaturkning suratlari dushmanlarni belgilash uchun ishlatilgan edi. Shundan so‘ng Norvegiya va NATO vakillari Turkiyadan kechirim so‘radi, ammo Erdo‘g‘on ularning uzrini qabul qilmadi.

Опубликовано: admin (20-11-2017, 21:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 43) ( 0) ( 42) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют