» » Mirziyoyev Erdo‘g‘on bilan telefon orqali muloqot qildi. Unda IHTning Istanbulda bo‘lajak favqulodda sammiti muhokama qilindi

Mirziyoyev Erdo‘g‘on bilan telefon orqali muloqot qildi. Unda IHTning Istanbulda bo‘lajak favqulodda sammiti muhokama qilindi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on o‘rtasida Turkiya tomonining tashabbusi bilan 11-dekabr kuni telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tdi, deya xabar bermoqda O‘zbekiston Prezidenti matbuot xizmati.

Muloqot avvalida Erdo‘g‘on O‘zbekiston Prezidentini mamlakatda tarkibiy o‘zgarishlar va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning yangi bosqichini amalga oshirish bo‘yicha qo‘lga kiritilgan amaliy natijalar bilan samimiy muborakbod etgan.

O‘zbekiston Prezidenti mamlakatda davlat va jamiyat hayotining barcha jabhalarida barqaror va yuksak taraqqiyotni ta’minlashga qaratilgan siyosatni yuqori baholagani uchun Erdo‘g‘onga chuqur minnatdorlik bildirgan.

Muloqotda davlat rahbarlari 2017-yil oktabr oyida Turkiyaga oliy darajadagi tashrif yakunlari bo‘yicha erishilgan kelishuv va bitimlarni amalga oshirish muhimligini alohida ta’kidlagan.

Savdo-iqtisodiy, texnologik, moliya-sarmoyaviy, transport, turizm va madaniyat sohalaridagi qo‘shma dastur va loyihalarni amalga oshirish borasida o‘zaro samarali aloqalarni davom ettirish zarurligi qayd etilgan.

Prezidentlar, shuningdek, Istanbul shahrida bo‘lib o‘tadigan Islom hamkorlik tashkilotining navbatdan tashqari sammiti kun tartibidagi masalalar, jumladan, mintaqaviy va xalqaro siyosatning boshqa dolzarb masalalari bo‘yicha fikr almashgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on AQSh Quddusni Isroil poytaxti sifatida tan oladigan bo‘lsa, Istanbulda Islom Hamkorlik tashkiloti (IHT)ning navbatdagi tashqari yig‘ilishi o‘tkazilishi va bu qaror qoralanishini ma’lum qilgan edi (Turkiya ayni vaqtda IHTga raislik qiluvchi mamlakat hisoblanadi).

6-dekabr kuni AQSh prezidenti Donald Tramp Quddusni Isroil poytaxti sifatida tan oldi. Bu qaror jahonning ko‘plab mamlakatlari va xalqaro tashkilotlari tomonidan qoralandi. O‘zbekiston bu masala yuzasidan hozircha biror rasmiy munosabat bildirganicha yo‘q.

Опубликовано: admin (11-12-2017, 20:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 70) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют