» » Sankt-Peterburg metrosida uch kishi “Oqlar uchun vagon” qichqirig‘i bilan odamlarni urdi (video)

Sankt-Peterburg metrosida uch kishi “Oqlar uchun vagon” qichqirig‘i bilan odamlarni urdi (video)


Sankt-Peterburg metrosining “Texnologicheskiy institut” bekatida uch nafar erkak “Oqlar uchun vagon” deb qichqirib, odamlarni ura boshlagan. Ulardan ikki nafari qo‘lga olingan. Ma’lumotlarga ko‘ra, uchinchi erkak Estoniyaga qochib ketgan. Bu haqda Meduza xabar berdi.

Hodisa 9-dekabr kuni yuz bergan. Hujum qilganlar vagondan ko‘rinishi slavyan bo‘lmagan erkakni itarib yuborgan, keyin esa vagonda boshqa yo‘lovchilar bilan mushtlashuv boshlangan. Mushtlashuv oqibatida jabrlanganlar haqida aniq ma’lumot yo‘q.

Dastlab hujum qilganlar metroning o‘zida qo‘lga olingan, biroq ular o‘zlarining jabrlanganini aytgan va chaqirilgan tez yordamdan qochib ketgan. Oxir-oqibat ularning ikki nafari qo‘lga olingan, ikkalasi ham voyaga yetmaganlar bo‘lgan. Ularga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Yana bir ishtirokchi, 21 yoshli Nikita Gerasimov Estoniyaga qochib ketgan. U 2016-yilda Sankt-Peterburgda musiqachilarga uyushtirilgan hujumda ham ishtirokchi bo‘lgan.

Опубликовано: admin (12-12-2017, 06:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 98) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют