» » Ravshan Haydarov boshchilik qilgan O‘zbekiston U23 termasi Myanma bilan arang durang o‘ynadi

Ravshan Haydarov boshchilik qilgan O‘zbekiston U23 termasi Myanma bilan arang durang o‘ynadi


23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo Chempionatiga tayyorgarlik ko‘rayotgan O‘zbekiston terma jamoasi Myanma bilan durang o‘ynadi.

Ravshan Haydarov boshchilik qilayotgan jamoa tayyorgarlik doirasidan o‘rin olgan Tailanddagi xalqaro turnirga jo‘nab ketgandi. Qur’aga ko‘ra, o‘zbekistonlik futbolchilar musobaqaning “B” guruhida Myanma va Vyetnam termalariga qarshi kurash olib borishi kerak edi. “A” guruhini esa Tailand, Yaponiya va KXDR tashkil qildi.

M-150 Cup deb nom olgan turnirning ochilish o‘yinida Vyetnam termasi Myanma ustidan yirik — 4:0 hisobida zafar quchgandi. O‘zbekiston esa mana shu Myanma bilan arang durang o‘ynadi, deb yozdi “Championat.asia” nashri. Haydarov qo‘li ostida Oliy Liganing yulduz futbolchilari to‘p surgan bo‘lsa-da, myanmalik futbolchilar 15 va 75-daqiqalarda 2 ta gol urib, hisobda oldinga chiqib olgan.

O‘zbekiston termasi esa 88-daqiqada hisobni qisqartirgan va 94-daqiqada penaltidan kiritilgan gol sabab, mag‘lubiyatdan qutilib qolgan. Gollarga kim mualliflik qilgani borasida aniq ma’lumot yo‘q. Myanmadek terma bilan hatto durang natija ham biz uchun qoniqarsiz hisob, deb yozdi “Championat.asia”.

Reglamentga ko‘ra, guruhlarda peshqadam bo‘lgan jamoalar turnir finalida o‘zaro raqib bo‘ladi. 2-o‘rinni egallagan jamoalar esa turnirni kuchli uchlikda yakunlash bobida bellashib ko‘radi.

Bungacha Ravshan Haydarov jamoasi Amirliklarda o‘tgan Osiyo Chempionatining saralashini 1-o‘rinda yakunlab, yanvar oyida Xitoyda bo‘lib o‘tadigan 23 yoshgacha futbolchilardan iborat Osiyo Chempionatiga yo‘llanma olgandi.

Tailanddagi turnirga Dilshod Hamroyev, Botirali Ergashev, Rustam Ashurmatov, Doston Tursunov, Abbos Otaxonov, Odil Hamrobekov, Aziz G‘aniyev, Javohir Siddiqov, Jasur Yaxshiboyev, Xurshid G‘iyosov, Suhrob Nurulloyev, Zabihillo O‘rinboyev, Bobur Abduxoliqov kabi chempionatning nomdor futbolchilari yo‘l olgandi.

Опубликовано: admin (12-12-2017, 08:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 111) ( 0) ( 109) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют