» » Amerika ma’muriyati Suriyada Asadning rejimini saqlab qolishga moyillik bildirmoqda

Amerika ma’muriyati Suriyada Asadning rejimini saqlab qolishga moyillik bildirmoqda


Amerika ma’muriyati Suriya prezidenti Bashar Asad 2021-yilga belgilangan kelgusi prezident saylovlariga qadar mamlakat hokimiyati tepasida qolishiga rozi bo‘lishga tayyor. Bu haqda The New Yorker Amerika va Yevropa siyosatchilari ma’lumotlariga tayanib xabar berdi, deb yozadi “Interfaks”.

Ushbu qaror “joydagi harbiy voqelikni va Suriya prezidentini qo‘llab-quvvatlovchi mamlakat ittifoqdoshlari — Rossiya, Eron va ‘Hizbulla’ harakati muvaffaqiyatlarini aks ettiradi”, deb yozadi nashr.

AQSh Suriyadagi kampaniya uchun 2014-yildan buyon 14 milliard dollardan ziyod sarflagan bo‘lishiga qaramay, “hodisa joyidagi faktlar Amerika ma’muriyatini Asadning hokimiyat tepasida yana kamida bir yil qolishiga rozi bo‘lishga majbur qilmoqda”, — deyiladi maqolada.

“Diplomatik planda Vashington bugungi kunda tinchlik jarayonida ustunlik qilayotgan kuchli uchlik — Rossiya, Eron va Turkiya tomonidan yakkalatib qo‘yilgan edi”, — deyiladi maqolada. Bundan, xususan, BMT rahbarligida Jenevada o‘tkazilgan Suriyaaro muzokaralar haqiqiy natijalarga olib bormayotgani, “BMT harakatlari o‘rni esa Rossiya rahbarligidagi uchlikning Ostonadagi tinchlik muzokaralari bilan bosilganligi” guvohlik bermoqda, deb yozadi maqola muallifi.

Опубликовано: admin (12-12-2017, 10:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 107) ( 0) ( 105) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют