» » Pentagon Suriya, Rossiya va Eronning IShIDni to‘liq mag‘lub etishiga shubha bildirdi

Pentagon Suriya, Rossiya va Eronning IShIDni to‘liq mag‘lub etishiga shubha bildirdi


Suriya prezidenti Bashar Asadning qo‘shinlari, shuningdek, Rossiya va Eron harbiy guruhlari mustaqil ravishda IShID terrorchilarini to‘liq tor-mor etishi ehtimoldan yiroq. Bu haqda Pentagon rasmiy vakili Erik Pexon ma’lum qildi, deya xabar beradi “RBK”.

“Asadning mustabid tuzumi, Rossiya va Eronning urinishlari, hatto ayrim hududlarni vaqincha egallagan taqdirlarida ham, IShIDning to‘liq va uzil-kesil mag‘lubiyatiga olib kelishi ehtimoldan yiroq. IShID shakllanishiga qisman tuzum amalga oshirgan qatag‘on choralari sabab bo‘ldi. Jangarilar, guruh o‘zlari egallab turgan hududning barchasi yoki katta qismini boy bersa ham, xavfli diversiyalarni uyushtirishda davom etadi”, — dedi Pexon.

Pentagon vakiliga ko‘ra, Rossiya qo‘llab-quvvatlayotgan Bashar Asad hukumati hududlarni IShID nazoratidan xalos qilish va bu yerlarga terrorchilar qaytishining oldini olishda uzoq muddatli muvaffaqiyatlarni namoyish etmadi.

AQSh qo‘shinlari esa “IShID tahdid sifatida qolgunga qadar terrorizmga qarshi kurashish va hamkor kuchlarga yordam berish”ni davom ettiradi.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

 

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (8-10-2017, 10:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 34) ( 0) ( 33) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют