» » 2017-yilda Rossiyadan O‘zbekistonga turizm 22 foizga o‘sdi

2017-yilda Rossiyadan O‘zbekistonga turizm 22 foizga o‘sdi


Rossiyaning “TurStat” agentligi 9 oy ichidagi chet ellarga sayohatlar statistikasi bo‘yicha rossiyalik sayyohlar orasida mashhur bo‘lgan mamlakatlar reytingini tuzdi, deb yozadi “Kommersant.uz”.

Rossiyadan O‘zbekistonga turizm 2017-yilda 22 foizga o‘sib, 93 mingta safarni tashkil qildi. Rossiyadan chet mamlakatlarga qilingan sayohatlarning umumiy soni qariyb uchdan bir marta ko‘payib, 31 milliontaga yetdi.

Rossiyalik turistlar orasida eng ommabop bo‘lgan mamlakatlar reytingida Turkiya yetakchilik qildi (qariyb 4 millionta sayohat). Yuqori o‘nlikka, shuningdek, Abxaziya (3,493 million), Finlyandiya (2,481 million), Qozog‘iston (2,326 million), Ukraina (1,706 million), Xitoy (1,478 million), Estoniya (1,285 million), Polsha (929 ming), Germaniya (918 ming) va Gruziya (802 ming) kirdi.

O‘zbekiston rossiyalik sayyohlar orasida mashhur bo‘lgan mamlakatlar 30 ligiga kirmadi. Reytingda so‘nggi pog‘onani Qirg‘iziston 199 mingta sayohat bilan egalladi.

Опубликовано: admin (12-12-2017, 10:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 134) ( 0) ( 132) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют