» » Pitssa YuNESKO Butunjahon meroslari ro‘yxatiga kirdi

Pitssa YuNESKO Butunjahon meroslari ro‘yxatiga kirdi


YuNESKO komissiyasi pitssaning eng qadimiy retseptlaridan biri — Neapol retseptini abadiylashtirishga qaror qildi, deb yozadi National Geographic.

Pitssa haqidagi dastlabki tarixiy dalillar 997-yilda qayd etiladi, modomiki unga o‘xshagan taomlar bundan ancha avval ham ma’lum bo‘lgan. Qadimiy retseptlar bizning kunlargacha yetib kelmagan, an’anaviy italyancha pitssa tarixi esa XVI asrdan — Yevropa tomatlar bilan tanishgandan so‘ng yuritila boshladi. Ular qo‘llangan birinchi pitssa 1522-yilda Neapolda tayyorlangan, endilikda u butun Italiya pitssasining asoschisi hisoblanadi. XVII asrda “pitssayolo” (pizzaiolo) kasbi paydo bo‘ldi: Italiya dehqonlari uchun pitssa tayyorlovchilarni shunday atashgan.

Neapol pitssasining “Margarita” varianti eng ko‘p mashhurlikka erishdi: u Italiya qiroli Umberto I rafiqasi sharafiga shunday nomlangan deb hisoblanadi, u pitssani nafaqat mazasi, balki Italiya bayrog‘i: qizil (pomidor), yashil (rayhon) va oq (motsarella) ranglari uchun ham munosib baholagan. Bugun bu nomdagi pitssani butun dunyo bo‘ylab tatib ko‘rish mumkin bo‘lsa-da, haqiqiy Neapol pitssasi faqat mahalliy mahsulotlardan qat’iy tartibda tayyorlanadi.

Jumladan, oqsilga boy bug‘doy unidan xamirturushli xamir qo‘lda yoki tezligi past mikser yordamida qorilishi kerak. Xamir ko‘tarilgandan so‘ng undan qo‘lda qalinligi 3 millimetrdan katta bo‘lmagan asos hosil qilinadi. Xamir kislorod bilan to‘yinishi uchun havoga otiladi.

Neapol pitssasi tosh pechda 485 daraja haroratda 60—90 soniya davomida eman o‘tinda pishiriladi.

Опубликовано: admin (12-12-2017, 12:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют