» » Putinga Trampning tvitlari mazmuni yetkazib turilishi ma’lum qilindi

Putinga Trampning tvitlari mazmuni yetkazib turilishi ma’lum qilindi


Rossiya prezidenti Vladimir Putinga amerikalik hamkasbi Donald Tramp Twitter’dagi sahifasida joylashtirayotgan matnlar mazmuni haqida hisobot beriladi. Bu haqda uning matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.

“Tramp Twitter’da e’lon qilgan har bir narsa Moskvada uning rasmiy bayonoti sifatida qabul qilinadi. Tabiiyki, bu haqda boshqa davlat rahbarlari rasmiy chiqishlari qatorida prezident Putinga yetkaziladi”, — dedi Rossiya yetakchisining matbuot kotibi.

Peskov Putinning o‘zi Twitter’da sahifaga ega emasligi va buni uning o‘rniga kimdir yuritishini ham istamasligini bildirib o‘tdi.

Опубликовано: admin (12-12-2017, 16:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 48) ( 0) ( 47) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют