» » Intellektual qobiliyatni oshirishning 5 usuli

Intellektual qobiliyatni oshirishning 5 usuli


Professional bo‘lib yetishish uchun shaxs sifatida ham takomillashib borish kerak. Vaqt va kuchingizni o‘zingizga sarf qilishni unutmang.

Notanish vaziyatlar va yangi taassurotlar ko‘p narsalarga o‘rgatishi mumkin. Miya biron bir notanish narsaga duch kelsa, u yangi neyronli yo‘llar yaratadi. Takrorlashda ular mustahkamlanadi va bizda yangi malakalar ishlab chiqariladi.

Shuning uchun har doim qulaylik zonasidan biroz chiqishga harakat qiling: yangi joylarga boring, ishga borishda boshqa yo‘l orqali yuring. Odatlaringiz qancha mahkamroq o‘rnashib qolsa, sizning yangi o‘zgarishlarga moslashishingiz shuncha qiyinroq bo‘ladi.

Muvaffaqiyat har doim g‘oyalardan boshlanadi. O‘zingizni chegaralab tashlamang, fantaziyani ishga soling, shunda yangi g‘oyalarni ixtiro qilish, yechimini topish va odamlar bilan aloqa qilish osonroq bo‘ladi. Vaqt o‘tishi bilan siz agar kerak bo‘lsa, hayotning hamma sohalarida ilhom olishni o‘rganasiz.

Ijodiy fikrlash hammada bor, uni tez-tez qo‘llashga harakat qiling. U hatto zerikarli ishni ham qiziqarli qilishga yordam beradi.

Ko‘pchilik o‘zining hamma vaqtini ishga bag‘ishlaydi va dam olish, ko‘ngil ochish haqida butunlay unutadi.

Har qanday o‘qish, mazmunidan qat’iy nazar miya uchun foydalidir, chunki u tasavvurni rivojlantiradi.

Muammolarni yechish malakasini hosil qiluvchi va miyaning plastikligini oshiruvchi ko‘plab o‘yinlar va ilovalar bor. Neyroplastiklik — bu miyaning yangi neyronli aloqalar hosil qilish qobiliyati. Miya qanchalik plastikroq bo‘lsa, u olingan ma’lumotlarni shunchalik tezroq va samaraliroq tayyorlaydi.

Muvaffaqiyatga erishish uchun, o‘z faoliyat sohasida har doim yangiliklarni izlash kerak. Yangi bilimlarga intiling, yangi malakalarga ega bo‘ling. Qancha ko‘proq o‘rgansangiz, strategiya ishlab chiqishingiz va muhim qarorlar qabul qilishingiz shuncha osonroq bo‘ladi. Bilim olish o‘zingizga bo‘lgan ishonchni oshiradi, jarayonga aql bilan yondashishga yordam beradi.

Manba: “Layfxaker”

Опубликовано: admin (12-12-2017, 17:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 64) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют