» » Britaniyada Brexit’dan so‘ng jonivorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha qonun tayyorlandi. Endi ularga qarshi jinoyat sodir etganlar besh yilga qamalishi mumkin

Britaniyada Brexit’dan so‘ng jonivorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha qonun tayyorlandi. Endi ularga qarshi jinoyat sodir etganlar besh yilga qamalishi mumkin


Buyuk Britaniya hukumati parlamentga yangi qonun loyihasini kiritdi. U mamlakat Yevropa Ittifoqidan chiqqanidan so‘ng hayvonlarning haq-huquqlarini himoya qilishga qaratilgan, deb xabar beradi “RIA Novosti”.

“Hukumat jonivorlarning farovonligiga e’tiborli bo‘lishi, ularning farovonligini ta’minlaydigan choralarni tegishlicha shakllantirishi va implementatsiya qilishi lozim”, — deyiladi qonun hujjatlarida.

Atrof-muhit va qishloq xo‘jaligi vaziri Maykl Gouv qonun loyihasi taqdimotida jonivorlarning ongli mavjudot ekanligini, ularning huquqlarini himoya qilish muhimligini ta’kidlab o‘tdi.

Qonun loyihasida, jumladan, jonivorlarga qarshi jinoyatlar sodir etuvchilarga qarshi maksimal qamoq jazosini besh yilgacha uzaytirishni nazarda tutadi.

Опубликовано: admin (12-12-2017, 18:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 50) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют