» » NATO bosh kotibining vakolati ikki yilga uzaytirildi

NATO bosh kotibining vakolati ikki yilga uzaytirildi


NATO bosh kotibi Yens Stoltenbergning ushbu lavozimdagi vakolati 2020-yil sentabriga qadar uzaytirildi. Bu haqda, alyans shtab-kvartirasi bayonotiga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.

“29 ittifoqchi mening NATO bosh kotibi sifatidagi vakolatimni yana ikki yilga uzaytirish qarorini qabul qilgani uchun minnatdorman. Fuqarolarimiz xavfsizligini ta’minlash uchun alyansni kuchaytirish ustida ishlashni davom ettirmoqchiman”, — deb bunga munosabat bildirdi Stoltenbergning o‘zi.

Qaror Shimoliy Atlantika kengashi yig‘ilishida qabul qilindi. Stoltenbergning vakolati uzaytirilishi bo‘yicha kelishuvga alyans davlatlari tashqi ishlar vazirlarining 5–6-dekabr kuni Bryusselda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida erishildi.

Stoltenberg NATO bosh kotibi lavozimiga 2014-yil sentabrida kirishgan edi.

Опубликовано: admin (12-12-2017, 21:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 127) ( 0) ( 127) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют