» » Toshkentda “Hizb ut-Tahrir”ga aloqador to‘rt kishi ushlandi. Ulardan ikki nafari ayollar

Toshkentda “Hizb ut-Tahrir”ga aloqador to‘rt kishi ushlandi. Ulardan ikki nafari ayollar


O‘zbekiston huquq-tartibot organlari xodimlari Toshkentda ikki erkak va ikki ayolni “Hizb ut-Tahrir” terrorichi guruhiga a’zolikda gumon qilib qo‘lga oldi. Bu haqda 1News xabar berdi.

Poytaxt IIBB xabariga ko‘ra, “Tozalash-Antiterror”operatsiyasi doirasida qo‘lga olingan shaxslar Toshkentda terrorchi guruh yacheykasini tashkil etishda gumonlanmoqda.

Ushlanganlarning uch nafariga nisbatan hibsga olish shaklidagi cheklash chorasi qo‘llangan. To‘rtinchi gumondor — uch farzandni boqayotgan yolg‘iz ona uy qamog‘ida saqlanmoqda.

Tintuv chog‘ida ularning uylarida tilga olingan tashkilot ideologiyasini targ‘ib qiluvchi kitoblar va elektro materiallar topilgan.

Опубликовано: admin (12-12-2017, 22:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 109) ( 0) ( 109) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют