» » Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonga kelgan Qirg‘iziston prezidentini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonga kelgan Qirg‘iziston prezidentini qabul qildi


Ko‘ksaroy qarorgohida Qirg‘iziston prezidenti So‘ranbay Jeenbekovni rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Shundan so‘ng O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan Qirg‘iziston prezidenti So‘ranbay Jeenbekovning tor doiradagi muzokaralari boshlandi.

Shavkat Mirziyoyev So‘ranbay Jeenbekovni Qirg‘iziston prezidenti etib saylangani bilan yana bir bor samimiy qutlab, bugungi muzokaralar ikki tomonlama munosabatlarni yangi bosqichga olib chiqishiga ishonch bildirdi.

Qirg‘iziston Prezidenti sifatida ilk xorijiy tashriflaringizdan birini O‘zbekiston zaminidan boshlaganingizni yuqori baholaymiz. Bu mamlakatlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada chuqurlashtirishga sadoqatingiz ifodasi deb qabul qilamiz.

Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti

So‘ranbay Jeenbekov Shavkat Mirziyoyevga O‘zbekistonga taklif etgani uchun minnatdorlik bildirib, Qirg‘iziston xalqi nomidan chuqur hurmat va ehtirom izhor etdi.

O‘zbekiston Prezidentining matbuot markazi xabar qilishicha, prezidentlar ushbu tashrif savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiyalari va madaniy-gumanitar hamkorlikni rivojlantirish, davlat chegaralarini delimitatsiya qilish borasidagi ishlarni yakuniga yetkazish, yangi o‘tkazish punktlari ochish va ularning samarali faoliyat yuritishini ta’minlash, suv resurslaridan oqilona foydalanish masalalarini muhokama qilish uchun yaxshi imkoniyat ekanini ta’kidlagan.

Eslatib o‘tamiz, So‘ranbay Jeenbekov 2017-yil oktabr oyida bo‘lib saylovda Qirg‘iziston prezidenti etib saylangan edi. O‘zbekistonga tashrif So‘ranbay Jeenbekovning davlat rahbari sifatidagi xorijga ilk rasmiy tashrifidir.

Опубликовано: admin (13-12-2017, 17:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют