» » O‘zbekiston—Qirg‘iziston biznes-forumida 140 mln dollarlik hujjatlar imzolandi

O‘zbekiston—Qirg‘iziston biznes-forumida 140 mln dollarlik hujjatlar imzolandi


Qirg‘iziston prezidenti So‘ranbay Jeenbekov O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelgan 13-dekabr kuni Toshkentda o‘zbek-qirg‘iz biznes-forumi va kooperatsiya birjasi bo‘lib o‘tdi, deya xabar bermoqda “Gazeta.uz”.

Biznes-forumda Qirg‘izistonning mashinasozlik, qurilish, oziq-ovqat, qadoqlash, yengil sanoat va axborot texnologiyalari sohalarida faoliyat ko‘rsatuvchi 100 dan ziyod kompaniyasi ishtirok etdi.

O‘zbekiston tashqi savdo vaziri Jamshid Xo‘jayev forum ishtirokchilarini qarshi olar ekan, yil boshidan buyon ikki davlat o‘rtasidagi tovar ayriboshlash hajmi 60 foizdan ziyodroqqa o‘sib, 200 million dollarni tashkil etganini ta’kidladi.

“Qat’iy shartnomalar mavjudligini hisobga olsak, uni 2017-yil oxiriga qadar 250 million dollarga yetkazish uchun barcha imkoniyatlar bor”, — dedi tashqi savdo mahkamasi rahbari.

U O‘zbekiston korxonalari Qirg‘izistonga yengil va yuk mashinalari, avtobuslar, qishloq xo‘jaligi va yo‘l texnikasining keng assortimenti, barcha turdagi mineral o‘g‘itlar, elektrotexnika va kabel-o‘tkazish mahsulotlari, maishiy texnika, qurilish materiallari, tayyor to‘qimachilik, oziq-ovqat va boshqa mahsulotlarni yetkazib berishi mumkinligini qayd etib o‘tdi.

Jamshid Xo‘jayev oktabrdagi oliy darajadagi uchrashuvlar chog‘ida erishilgan kelishuvlarga muvofiq, Qirg‘iziston hududida o‘zbek qishloq xo‘jalik texnikalari, “O‘zavtosanoat” avtomobillari, “SamAvto” avtobuslari, “O‘zavtotreyler” maxsus pritsepli texnikalari, Artel brendi ostida kir yuvish mashinalarini yig‘ishni tashkil etish bo‘yicha hamkorlikdagi ishlar olib borilayotganini ma’lum qildi. Shuningdek, hamkorlikda to‘qimachilik va qurilish materiallarini ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma korxonalar tashkil etish rejalashtirilgan.

Qirg‘iziston iqtisodiyot vaziri Artyom Novikov ichki salohiyatdan foydalanib, bir-birini o‘zaro to‘ldirgan mamlakatlar nafaqat tovar ayirboshlash hajmini 500 million dollarga yetkazishi, balki eksport imkoniyatlarini ham kengaytirishlari mumkinligini qayd etib o‘tdi. Qirg‘iz tadbirkorlari O‘zbekiston bozoriga oziq-ovqat mahsulotlari, jumladan, asal, kartoshka, piyoz, sut va go‘sht mahsulotlarini yetkazib berishi, O‘zbekiston bilan hamkorlikda ko‘mir sanoati korxonasini tashkil etish va mamlakatni travertin toshi bilan ta’minlashi mumkin.

Qirg‘iziston iqtisodiyot vaziri ikki davlat banklari o‘rtasida muxbirlik hisob-raqamlarini ochish bo‘yicha dastlabki kelishuvga erishilgani va O‘zbekiston tomonidan bank va moliya operatsiyalari, jumladan, ikki davlat o‘rtasida pul o‘tkazishlarini amalga oshirishda hech qanday to‘sqinlik va cheklovlar bo‘lmasligini ma’lum qildi. Ayniqsa bu mahsulotlar yetkazib berish va sotish orqali qirg‘iz tadbirkorlari oladigan foydani olishga aloqador.

U sayyohlik aloqalarini kuchaytirish uchun yangi transport yo‘nalishlarini rivojlantirish, jumladan, rejalashtirilayotgan “O‘sh—Toshkent” aviareysi va Qirg‘izistonning Issiqko‘l viloyatidagi Baliqchi shahriga qadar temiryo‘l reysini ochishning zarurligini yodga oldi.

Biznes-forum yakunlari bo‘yicha 140 million dollarlik 60 ga yaqin hujjat imzolandi.

Опубликовано: admin (13-12-2017, 20:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 71) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют