» » Toshkentda O‘zbekiston—Tojikiston biznes-forumi bo‘lib o‘tdi

Toshkentda O‘zbekiston—Tojikiston biznes-forumi bo‘lib o‘tdi


Toshkentda Tojikiston milliy mahsulotlari ko‘rgazmasi doirasida O‘zbekiston—Tojikiston biznes-forumi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda UzDaily xabar bermoqda.

Tadbirda O‘zbekiston va Tojikistonning yengil sanoat, energetika, mashinasozlik, metallurgiya, avtomobilsozlik, transport-logistika, oziq-ovqat, kimyo sanoati, qurilish materiallari, qishloq xo‘jaligi, turizm kabi sohalarga ixtisoslashgan vazirlik, kompaniya va firmalaridan 500 ga yaqin vakil ishtirok etdi.

Biznes-forumda mamlakatlar o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik jadal rivojlanayotgani, O‘zbekistonda xorijlik hamkorlar uchun yaratilayotgan qulay investitsiyaviy muhit, taqdim etilayotgan imtiyoz va preferensiyalar tojikistonlik ishbilarmonlar uchun ham keng imkoniyatlar yaratishi bildirildi. Ikki davlat iqtisodiyotining yetakchi tarmoqlari salohiyatiga bag‘ishlangan taqdimotlar o‘tkazildi.

Tadbir doirasida kimyo, transport, sanoat, qishloq xo‘jaligi, turizm sohalarida hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha istiqbolli kelishuvlarga erishildi. 20 dan ortiq shartnoma va 6 memorandum imzolandi.

Ma’lumot uchun, 2016-yil yakunlari bo‘yicha ikki davlat o‘rtasidagi mahsulot ayirboshlash hajmi 197 million , 2017 yilning yanvar-sentabr oylarida esa 178,2 million dollarni tashkil etdi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (12-10-2017, 11:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют