» » O‘zbekiston muzlatgichlar quvvati bo‘yicha jahonning yetakchi 20 taligidan o‘rin oldi

O‘zbekiston muzlatgichlar quvvati bo‘yicha jahonning yetakchi 20 taligidan o‘rin oldi


Samarqand tumanida “Muzlatgich omborlarida meva-sabzavot mahsulotlarini saqlash: bugungi holat va sohani rivojlantirish istiqbollari” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi hamda AQSh xalqaro taraqqiyot agentligining (USAID) mamlakatdagi vakolatxonasi tomonidan “Qishloq xo‘jaligida qiymat zanjirini rivojlantirish” loyihasi doirasida tashkil etilgan tadbirda meva-sabzavot yetishtiruvchi, ularni saqlaydigan va qayta ishlaydigan fermerlar, tadbirkorlar, eksportyorlar, transport xizmati ko‘rsatuvchilar va savdo tarmoqlari vakillari ishtirok etdi.

Seminarda qishloq xo‘jaligi sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonida bog‘dorchilik, meva-sabzavotchilik va uzumchilikni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi. Sohaga zamonaviy ilg‘or texnologiyalar joriy etilayotgani hosildorlikning oshishi va xalqaro standartlarga mos mahsulot ishlab chiqarishga xizmat qilmoqda.

“Meva-sabzavot, uzum mahsulotlari yetishtirishdagi jadal o‘sish yurtimizda muzlatgich omborlari tarmog‘ining kengayishiga ham turtki berdi, — deydi AQSh xalqaro taraqqiyot agentligi loyihasi mutaxassisi M. Isomiddinov. — 2011-yilgacha mamlakatimizda 60 ming tonnaga yaqin mahsulot shunday omborxonalarda saqlangan bo‘lsa, bugunga kelib bu miqdor 1 million 150 ming tonnaga yetdi. Dunyoda muzlatgichlar rivojini kuzatish va rivojlantirish tashkilotining 2016-yilgi hisobotiga ko‘ra, O‘zbekiston muzlatgichlar quvvati bo‘yicha yetakchi 20 talikdan o‘rin oldi. Bozor rivojlanish indeksida esa mamlakatimiz dunyo bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich (219 foiz) ni qayd etgan. Bugungi kunda ushbu sohada jadal ish olib borilayotgan Shimoliy Afrika, Xitoy va Turkiyada ham bu ko‘rsatkich 30 foizdan oshmagan”.

Seminarda loyiha mutaxassislari tomonidan meva-sabzavot mahsulotlarini sifatli saqlash, saralash, qadoqlash va tashishda keng qo‘llanilayotgan usullar, eksport tartib-qoidalari haqida batafsil ma’lumot berildi. Turli taqdimotlar o‘tkazildi. O‘z navbatida, ishtirokchilar mahsulotni saqlash va eksportga chiqarish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan tajriba almashdi, hamkorlikda ishlash bo‘yicha takliflar bildirildi.

Опубликовано: admin (13-12-2017, 20:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют