WWW.XIT.UZ » Yangiliklar » Vengriya elchisi tashqi savdo vazirligida muzokara o‘tkazdi
Vengriya elchisi tashqi savdo vazirligida muzokara o‘tkazdi
12-dekabr kuni Vengriyaning favqulodda va muxtor elchisi Peter Santo O‘zbekiston tashqi savdo vazirligida muzokara o‘tkazdi. Bu haqda UzDaily xabar bermoqda.
Tomonlar ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikning hozirgi holati va kelgusidagi istiqbollarini muhokama qildi.
Bundan tashqari, qishloq xo‘jaligi, chorvachilik va avtomobilsozlik sohalaridagi hamkorlik yuzasidan fikr almashildi.
Tomonlar shuningdek 2018-yilning fevralida iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yig‘ilishini tashkil etish masalasini ko‘rib chiqish bo‘yicha kelishib oldi.
(голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!
Добавить комментарий!

Кто вы по знаку зодиака?