» » Peskov Putin uchun Telegram-kanallar dayjestlari tuzilishi haqida aytib berdi

Peskov Putin uchun Telegram-kanallar dayjestlari tuzilishi haqida aytib berdi


Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Kremlda Telegram-kanallardagi maqolalar tahlil qilinishi va barcha zarur axborot davlat rahbari Vladimir Putinga taqdim etilishini aytdi, deb yozadi “Gazeta.ru”.

“Biz Telegram-kanallarni yuritmaymiz, biz ularni o‘qiymiz. Ularni tahlil qilishga harakat qilamiz va, shubhasiz, bu tahlilni prezidentga taqdim etamiz. Biz Telegram-kanallarning alohida dayjestlarini tuzamiz”, — dedi Peskov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu yangicha odatdir.

“Bizda bu ommaviy axborot vositalari borasida olg‘a qarab rivojlanishmi yoki regressiv (orqa qaytadigan) rivojlanishmi? — degan mavzuda bahslar olib borilmoqda”, — deya qo‘shib qo‘ydi Peskov.

Опубликовано: admin (14-12-2017, 09:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 105) ( 0) ( 104) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют