» » O‘zbekistonga qishki sport turlari qaytib, xokkey, figurali uchish, kyorling va chang‘i sporti federatsiyalari ish boshlaydi

O‘zbekistonga qishki sport turlari qaytib, xokkey, figurali uchish, kyorling va chang‘i sporti federatsiyalari ish boshlaydi


O‘zbekistonda biryo‘la 4 ta qishki sport turi bo‘yicha yangi federatsiyalar ish boshlashga yaqin. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, MOQ binosida mazkur tashkilot, shuningdek, Sport Qo‘mitasi, O‘zbekiston qishki sport turlari assotsiatsiyasi hamda soha mutaxassislari, homiy tashkilotlar ishtirokida aynan shu masala yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tgan. Bunga asos bo‘lib O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 31-oktabr kuni o‘tkazgan sport sohasini rivojlantirish borasidagi yig‘ilishda bergan topshirig‘i hamda qishki sport turlarini rivojlantirishga qaratilgan qarori loyihasi xizmat qilgan.

Qishki sport turlarini rivojlantirish bolalar sportidan boshlanadi. Bu yo‘lda tashabbus guruhi tashkil etilgan bo‘lib, u qishki sport turlari bo‘yicha to‘rtta mustaqil federatsiya faoliyatini yo‘lga qo‘yish, professional mutaxassislarni ishga jalb qilish, federatsiyalarning samarali faoliyat yuritishi uchun homiy va sarmoyadorlarni taklif etish masalasi bilan shug‘ullanadi.

Shu tariqa O‘zbekistonda alohida xokkey, figurali uchish va short-trek, kyorling hamda chang‘i sporti federatsiyalari vujudga keladi. Ular tarkibiga, shuningdek, snoubord, tog‘ chang‘i sporti, fristayl, tramplindan sakrash kabi sport turlari ham kiritiladi.

O‘zbekiston Prezidentining 2017-yil 5-dekabr kuni e’lon qilingan “Chorvoq” erkin turistik zonasini tashkil etish to‘g‘risida”gi farmoniga ko‘ra, Chimyon tog‘ yon bag‘rida yaqin kelajakda tog‘-chang‘i kurortini bunyod etish rejalashtirilmoqda, deyiladi MOQ xabarida. Bundan tashqari, poytaxt markazida bunyod etilayotgan “Humo” ko‘p tarmoqli muz saroyining qurib bitkazilishi ham qishki sport turlarining rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi.

O‘zbekiston delegatsiyasi qishki sport turlarida maqtashga arzigulik natijalarga erisha olmayapti. Norvegiyaning Lillexammer shahrida bo‘lib o‘tgan XVII qishki Olimpiada o‘yinlarida Lina Cheryazova tomonidan qo‘lga kiritilgan oltin medal evaziga, O‘zbekiston delegatsiyasi qishki sport turlari anchagina taraqqiy etgan Belorus, Finlyandiya, Fransiya, Gollandiya, Xitoy, Sloveniya, Buyuk Britaniya va Avstraliya kabi mamlakatlarni ortda qoldirib, umumjamoa hisobida 67 mamlakat orasida 14-o‘rinni egallagandi.

Keyinchalik ham o‘zbekistonliklar birorta qishki Olimpiada o‘yinlarini o‘tkazib yubormadi. Biroq ularda mamlakat sportchilari boshqa sovrinlarga ega chiqa olmagandi.

Опубликовано: admin (14-12-2017, 15:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 137) ( 0) ( 135) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют