» » Toshkentda “Humo” ko‘p tarmoqli muz saroyi qurilishi boshlandi

Toshkentda “Humo” ko‘p tarmoqli muz saroyi qurilishi boshlandi


O‘zbekistonda bolalar va yoshlar sportini, jumladan, sportning qishki turlarini rivojlantirish maqsadida Toshkent shahrining Afrosiyob va Beshyog‘och ko‘chalari kesishuvidagi to‘qqiz gektar hududda ko‘p tarmoqli “Humo” muz saroyi qurilishi boshlandi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati ma’lum qilmoqda.

12 ming kishilik tribunaga ega ko‘p funksional saroy hududida muz arenasi, mashg‘ulotlar o‘tkaziladigan maydon, o‘quv-ko‘ngilochar bolalar xiyoboni, oilaviy ko‘ngilochar markazlar, amfiteatr, favvorali xushmanzara bog‘lar, restoran va rekratsion zonalar, bog‘ va sayilgoh, zamonaviy parking va boshqa ko‘plab inshootlar joylashadi.

Ularda jismoniy imkoniyati cheklangan kishilar uchun ham barcha sharoitlar yaratiladi.

Majmuada o‘lchamlari 60×30 metr bo‘lgan ikkita – asosiy va mashq muz arenalari rejalashtirilgan bo‘lib, bino umumiy maydoni 74 ming kvadrat metrni tashkil qiladi, bino to‘rt qavatdan iborat bo‘lib, balandligi 36 metrni tashkil etadi.

Muz saroyi 12,5 ming o‘tirish joylariga ega bo‘lib, konsert zali sifatida o‘n ming, sport musobaqalar o‘tkazish zali sifatida esa 14 ming tomoshabinga mo‘ljallangan. Asosiy binoda 300 o‘rinlik mashq arenasi ham loyihalashtirilgan.

Majmua hududida shuningdek, sport muzeyi, bolalar uchun yopiq o‘yingoh, trenajyor zallari, fitnes markazi, zamonaviy tipdagi umumovqatlanish shahobchalari, sport anjomlar do‘koni va boshqa xizmat ko‘rsatish obyektlari joylashtiriladi.

Velosipedlar va roliklarda uchish uchun alohida yo‘lakchalar qurilishi rejalashtirilgan. Bundan tashqari bino yonida 2000 ta avtomobil uchun mo‘ljallangan to‘rt qavatdan iborat avtoturargoh qurilish ishlari rejalashtirilgan.

Arenada xokkey matchlari, short-trek, figurali uchish, kyorling bo‘yicha musobaqalar bilan bir qatorda basketbol, voleybol, gandbol, futzal, boks, taekvondo va boshqa sport turlari bo‘yicha bellashuvlar o‘tkazish imkoniyati bor.

Obyekt 2018-yilning 31-dekabr kuniga qadar ishga tushirilishi mo‘ljallangan.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Опубликовано: admin (7-02-2017, 18:59)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 96) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют